Hindistonning Goa shtatida 16 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqaning chorak finalidan o`rin olgan o`yinlar bo`lib o`tadi.
Avvalroq Eron hamda Yaponiya o`smirlari yarim finalga chiqish bilan birga JCh masalasini ham hal qilishgan. Chorak final doirasida avval Ummon hamda KXDR terma jamoalari tushadi. Keyin esa, O`zbekiston ham Iroq termalari o`rtasida bahs boshlanadi.
Mazkur o`yinlarda g`olib bo`lgan jamoalar yarim final yo`llanmasi va eng asosiysi 2017-yilgi o`smirlar o`rtasidagi Jahon chempionati chiptasiga ega bo`ladi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston U-16 hamda Iroq U-16 termalari o`rtasidagi o`yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.





