“Barselona” klubi yarim himoyachi Serxio Buskets bilan yangi shartnoma imzolanganini rasman ma`lum qildi. Bu haqda klubning “Tvitter” sahifasida e`lon qilindi.
Xabarda qayd etilishicha, yangi shartnoma muddati 2021 yilgacha mo`ljallangan. Shuningdek, Serxio Busketsning tovon puli 200 million evroga etib belgilandi.
Avvalroq tomonlar kelishuvga erishgani haqida ma`lum qilingandi. Buskets joriy mavsum Ispaniya chempionatida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.





