AsosiyJamiyat

Buxoroda “Sinepar” siropini ichish tufayli bolalar o`limi kuzatilgani haqidagi yolg`on xabar tarqatilganligi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Buxoroda “Sinepar” siropini ichish tufayli bolalar o`limi kuzatilgani haqidagi yolg`on xabar tarqatilganligi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Kecha, Buxoroda “Sinepar” siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Yolg`on xabar tarqatilganligi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi bu haqda viloyat Prokuraturasi xabar bermoqda.

“BUKHARA NEWS” axborot resursi tomonidan ma`lumotlarning haqqoniyligi o`rganilmasdan videomurojaat e`lon qilinganligi oqibatida aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma`lumotlar tarqatilganligi holati bo`yicha viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 244¹-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi" deyiladi xabarda.

Ma`lumot o`rnida:
O`zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to`g`risida”gi Qonunining  12¹- moddasida axborot resursining egasi, shu jumladan blogerlarga o`z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo`lgan axborot joylashtirilguniga qadar uning to`g`riligini tekshirish majburiyati yuklatilgan.

Qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlarini olib borish viloyat IIBga yuklatildi.

Tergov jarayoni to`g`risida qo`shimcha axborot beriladi.
 

    Boshqa yangiliklar