19 yanvardan xalqaro yo`nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ob-havo sharoiti hamda harakat yo`nalishi bo`ylab avtomobil yo`llaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, joriy yilning 19 yanvar sanasidan O`zbekiston Respublikasidan xalqaro yo`nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi.
19 yanvar kuni “Toshkent” avtovokzalidan xalqaro yo`nalishlarda amalga oshiriluvchi avtobus qatnovlari ro`yxati.
12:00 | Toshkent – Moskva chipta narxi 1011000 so`m
16:00 | Toshkent – Olmaota chipta narxi 200 000 so`m
16:00 | Toshkent – Ostona chipta narxi 361 000 so`m
17:00 | Toshkent – Turkiston chipta narxi 111 000 so`m
18:00 | Toshkent – Qizilo`rda chipta narxi 161 000 so`m
18:00 | Toshkent – Olmaota chipta narxi 200 000 so`m
18:00 | Toshkent – Bishkek chipta narxi 261 000 so`m






