AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi xonadonda gaz portladi

'Sirdaryodagi xonadonda gaz portladi'ning rasmi

Joriy yilning 18 yanvar kuni soat 15:20da Boyovut tumani "Qarapchi" MFY Ona-yurt ko`chasidagi 7-uyda taxminan havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog`liq hodisa sodir bo`lgan.  Bu haqda Sirdaryo viloyati FVB xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, hodisa oqibatida uyning 50 kv.m maydoni yongan, ikki nafar fuqaro engil tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.

Voqea joyga yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 15:28 da etib borib, yong`in 16:30 da to`liq o`chirilgan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar