Avvalroq, Sardor Umurzakov rahbarligida o`tkazilgan yig`ilishda "Hududgazta`minot" AJning Toshkent viloyati bo`yicha tarkibiy bo`linmasi bo`lgan "Hududgaz Toshkent" filiali direktori Muzaffar Alievga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani haqida aytilgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Muzaffar Alievning qamoqdan ozod qilinganligi hamda ish joyida faoliyat olib borayotganligi to`g`risida ma`lumot joylashtirilgan.
Toshkent viloyat prokuratura holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, tergov harakatlari davomida M.Alievga nisbatan qo`llanilgan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga o`zgartirilgan.
Bundan tashqari, M.Alievning lavozimidan chetlashtirish to`g`risida Jinoyat ishlari bo`yicha sudning ajrimi mavjud.
Tergovga aralashish va to`sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.






