Erni 18 yanvardan boshlab kuchli magnit bo`ronlari qoplaydi. Bu haqda Meteoagent portali xabar berdi.
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, magnit bo`roni uzoq davom etib, eng yuqori cho`qqiga — 5 darajaga etadi. Magnit bo`ronning eng yuqori nuqtasi 19 yanvar, payshanba kuni kuzatilishi kutilmoqda. Geomagnit vaziyat 20 yanvar, juma kuni normallashadi. 23 yanvar kuni yana bir qisqa 5 balli magnit bo`roni kuzatiladi.
Magnit bo`ronining salomatlikka ta`siri qanday?
Magnit bo`ronlari, hatto o`rta kuchga ega bo`lsa ham, inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Magnit bo`ronining salbiy ta`sirining eng keng tarqalgan ko`rinishlari quyidagilar:
- bosh aylanishi va bosh og`rig`i;
- uyqu buzilishi;
- diqqatni jamlash bilan bog`liq muammolar;
- qon bosimning buzilishi;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi;
- og`riqlar, shuningdek, bo`g`imlardagi og`riq;
- ishtaha buzilishi va ko`ngil aynish;
- holsizlik hissi.
Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat ratsionidan yog`li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o`simliklardan tayyorlangan choy iste`mol qilish kerak.
Bundan tashqari kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo`roni fonida salomatlikni yaxshilashga yordam beradi.






