AsosiyJamiyat

Farg`onada yonida marixuana olib yurgan shaxs ushlandi

'Farg`onada yonida marixuana olib yurgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyati So`x tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik moddasini yonida saqlab yurgan shaxs ushlandi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, So`x tumani. 2023 yilning 10 yanvar kuni tuman IIB JQB va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbir davomida, Z.M boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasi Rovon mahalla hududida to`xtatilib tekshirilganda, haydovchi Z.M.ning telpagi ichida marixuana giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan So`x tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar