AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Bolgariya turizm sohasida o`zaro hamkorlik qiladi

'O`zbekiston va Bolgariya turizm sohasida o`zaro hamkorlik qiladi'ning rasmi

Bolgariya Respublikasi Turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan uchrashuv o`tkazildi
Madaniyat va turizm vazirligida Bolgariya Respublikasi turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan Madaniyat va turizm vazirining birinchi o`rinbosari Ulug`bek Azamov o`rtasida uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmat xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Bolgariya tomoniga O`zbekiston turizmida amalga oshirilayotgan islohotlar, turistik investisiya loyihalari, shuningdek, tadbirkorlik subektlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar to`g`risida ma`lumot berildi.

Uchrashuv yakuniga ko`ra, O`zbekiston hamda Bolgariya Respublikalarida turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subektlarini jalb etgan holda Toshkent shahrida joriy yilning aprel oyida B&G, B2B formatida uchrashuvlar tashkillashtirish, yurtimizning turizm salohiyatini keng targ`ib etishga qaratilgan ma`lumotlarni Bolgariya ommaviy axborot vositalarida namoyishini yo`lga qo`yish bo`yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

    Boshqa yangiliklar