AsosiyDunyo

Moldovada terrorizmda ayblangan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi (video)

'Moldovada terrorizmda ayblangan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Moldova poytaxti Kishinyov shahrida huquq-tartibot idoralari O`zbekiston va AQShda xalqaro qidiruvga berilgan o`zbekistonlik erkakni qo`lga oldi. Bu haqda mamlakat polisiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Gumonlanuvchi xalqaro ekstremistik tashkilotlarning yuqori martabali a`zosi ekani taxmin qilinmoqda. U terrorchilik jinoyatlarini sodir etishda ayblangan.

Erkak ilgari ham Moldova hududida qasddan odam o`ldirishga suiqasd qilish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, jazo muddatini o`tagan.

Ayni damda huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni hibsga olib, O`zbekistonga ekstradisiya qilish masalasini ko`rib chiqmoqda.

    Boshqa yangiliklar