BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi Rossiya-Ukraina mojarosi oqibatida halok bo`lgan tinch aholining statistik ma`lumotlarni yangiladi.
Boshqarma ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 24 fevralidan 2023 yilning 16 yanvarigacha bo`lgan muddatda Ukrainaning 7031 nafar tinch aholisi (shundan 433 nafari bolalar) halok bo`lgan. Shuningdek, 11 327 kishi (shundan 827 nafari bolalar) tan-jarohati olgan.
O`lganlar orasida 2784 nafar erkak, 1875 nafar ayol, 177 nafar qiz, 221 nafar o`g`il bola bor. Shulardan 35 nafari bolalar va 1939 nafar kattalar bo`lib, ularning jinsi noma`lumligicha qolmoqda. Yaralanganlar orasida esa 2472 nafar erkak, 1764 nafar ayol, 240 nafar qiz, 325 nafar o`g`il bola bor. Yaralanganlarning 262 nafari bolalar va 6264 nafar kattalarni tashkil etgan.
Bundan tashqari, urush boshlanganidan beri Ukrainaning Donbass mintaqasida 4102 kishi halok bo`lgan, 5751 kishi yaralangan. Donbasning Ukraina nazorati ostidagi hududlarida esa 3607 kishi halok bo`lgan bo`lsa, 4078 kishi yaralangan.
Boshqarma hisobotida qayd etilishicha, o`lim holatlarining aksariyati katta vayron qilish radiusiga ega bo`lgan portlovchi qurollar sababli sodir bo`lgan. Gap og`ir artilleriya, bir nechta raketa tizimi, raketa zarbalari haqida ketmoqda.






