AsosiyDunyo

O`tgan yili qancha jurnalist o`ldirilgani ochiqlandi

'O`tgan yili qancha jurnalist o`ldirilgani ochiqlandi'ning rasmi

YuNESKO ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilda dunyoda 86 ta jurnalist o`ldirilgan, deya ma`lum qildi BMT matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

O`tgan yili deyarli har 4 kunda bir marta OAV xodimi vafot etgan. Bu 2021 yilga nisbatan 50 foizga ko`p. Statistikada jurnalistlar o`z faoliyati davomida duch kelayotgan jiddiy xatarlar tilga olingan.

“Bir necha yillik pasayishlardan so`ng 2022 yilga jurnalistlar o`limi soni oshishi xavotirlarni keltirib chiqardi. Davlatlar bu jinoyatlarni to`xtatish uchun choralar ko`rishi va aybdorlarni jazolashi shart. Befarqlik zo`ravonlik muhitining shakllanishi uchun asosiy omil bo`lib qolmoqda”, – degan YuNESKO bosh direktori Odre Azule.

2019-2021 yillarda dunyo bo`ylab 58 ta OAV xodimi o`ldirilgandi.

Jurnalistlar dunyoning barcha mintaqalarida o`ldirilgan. Ammo eng ko`p qurbonlar Janubiy Amerika va Karib havzasiga to`g`ri keldi (44 ta holat). Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 16 ta, Sharqiy Evropada 11 OAV vakili halok bo`lgan. Davlatlar bo`yicha Meksika (16 ta qotillik), Ukraina (10 ta qotillik) va Gaiti (9 ta qotillik) etakchilik qilmoqda.

Jurnalistlarning yarmidan ko`pi ishdan tashqari vaqtda halok bo`lgan. Ular asosan, avtoturargohlarda, uyida va boshqa jamoat joylarida o`ldirib ketilgan. Bu so`nggi yillarda kuzatilayotgan tendensiyaning davom etayotganini anglatadi: jurnalistlar uchun xavfsiz joy qolmayapti.

So`nggi besh yilda ayrim yutuqlarga erishilganiga qaramay, qotilliklarning 86 foizi jazosiz qolmoqda. Bu jurnalistlar faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatishi va jurnalistikaning xavfli kasb bo`lib qolishiga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar