AsosiyJamiyat

Samarqandda soxta "fermer" 30 000 AQSh dollariga er sotayotganda qo`lga olindi

'Samarqandda soxta "fermer"  30 000 AQSh dollariga er sotayotganda qo`lga olindi'ning rasmi

Jomboy tumanida o`zini fermer xo`jalik rahbari deb tanishtirgan fuqaro Haqiqat massivi hududida joylashgan fermer xo`jaligining 0.23 gektar er maydonini 30 000 AQSh dollariga sotayotganda qo`lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, Xurriyat mahallasida yashovchi fuqaro o`zini fermer xo`jalik rahbari deb tanishtirgan “Q.V.” ismli shaxs bilan tanishib qolganligini, “Q.V.” uning ishonchiga kirib, tumanning Haqiqat massivi hududida joylashgan fermer xo`jaligining 0.23 gektar er maydonini 30 000 AQSh dollariga sotishini va soxtalashtirish orqali uning nomiga ajratilganligi to`g`risida hujjat tayyorlab berishini, keyinchalik tuman Kadastr bo`limida ishlovchi tanishi orqali kadastr hujjatlarini ham rasmiylashtirishda yordam berishini aytib, oldindan 5 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini ma`lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi Er resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo`linmasi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida, Jomboy tumanida joylashgan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Q.V.” ariza muallifidan 5000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar