AsosiyJamiyat

Namanganda 3 ta yuk mashinasi to`qnashib yonib ketdi. Uch nafar odam halok bo`ldi

'Namanganda 3 ta yuk mashinasi to`qnashib yonib ketdi. Uch nafar odam halok bo`ldi'ning rasmi

Pop tumani “Qo`shminor” MFYda katta avtohalokat va yong`in sodir bo`ldi. Holat yuzasidan FFV matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 15 yanvar kuni soat 16:09da Namangan viloyati Pop tumani "Qo`shminor" MFY hududida ketma-ket harakatlanib ketayotgan 3 ta “MAN” rusumli yuk avtomobillari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan. Natijada yuk avtomobillarida yong`in kelib chiqqan. Birinchi yuk avtomobili yoqilg`i tashishga mo`ljallangan bo`lib, mazut, ikkinchi avtomobilga ko`mir, uchinchi avtomobilga bo`yoq mahsulotlari ortilgan bo`lgan.

Shunga ko`ra 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 16:30 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 16:33 da qurshab olingan va soat 17:20 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida yuk avtomobillarida bo`lgan 3 nafar fuqaro halok bo`lgan.

Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari, tegishli tashkilotlar  xodimlari etib borgan.

Hozirda IIB tezkor tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar