AsosiyDunyo

Sovuq ob-havo Tojikistonga ham o`z ta`siri o`tkazdi: qo`shni mamlakat ta`lim muassasalaridagi qishki ta`til vaqti ma`lum muddatga uzaytirildi

'Sovuq ob-havo Tojikistonga ham o`z ta`siri o`tkazdi: qo`shni mamlakat ta`lim muassasalaridagi qishki ta`til vaqti ma`lum muddatga uzaytirildi'ning rasmi

Tojikistonda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar barcha ta`lim muassasalarida 20 yanvarga qadar qishki ta`til muddati uzaytirildi. Bu haqda respublika ta`lim va fan vazirligi xabar qildi.

Mamlakatdagi barcha ta`lim muassasalarida qishki ta`til 1 yanvardan boshlangan, biroq sovuq mavsum boshlanishi munosabati bilan avvaliga 16 yanvarga qadar uzaytirilgan edi.

Hozir Dushanbeda havo harorati minus 7 daraja. Prognozlarga ko`ra, bugun tunda havo harorati minus 15 darajagacha sovishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar