Ma`lumki, ijtimoiy tarmoqlarda buxorolik fuqarolar shahardagi turizm majmuasi qurilishidan norozi bo`lib davlat razborka murojaat yo`lladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi matbuot xizmatining O`zAga ma`lum qilishicha, vazir Botir Zokirov ayni vaqtda Buxoro shahriga yo`l oldi. U erda fuqarolar bilan uchrashib, jarayonni o`rganmoqda.
Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vaziri Botir Zokirov Buxorodagi holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi.
- Markazning loyiha taklifi bo`lgach, jamoatchilikka muhokama uchun qo`yiladi. Buxoro shahrida aholi uchun alohida taqdimot qilib beriladi. Ayni vaqtda o`rganish ishlari olib borilmoqda, xolos. Bu degani ertadan buzilish boshlanadi, degani emas, hali oxirgi nuqta qo`yilganicha yo`q. Loyihani hali YuNESKO bilan kelishish bosqichi bor.
Hozir markaz tushadigan joyda xatlov ishlari olib borilmoqda. Ya`ni tartibga ko`ra, u erda qancha bino bor, kimga tegishli ekani haqida ma`lumot yig`iladi. Agar markaz o`rnida joylashgan bino va inshootlar buziladigan yoki boshqa joyga ko`chiriladigan bo`lsa, loyiha tanlovida yutgan tadbirkorlik sub`ekti tomonidan o`rniga o`rin qurib berish yoki o`rnatilgan tartibda kompensasiya to`lib beriladi. Loyiha va qurilish ishlariga kamida ikki yil vaqt ketadi, - dedi vazir






