AsosiyJamiyat

⚡️“O`qishmish o`qishmasmish…” Navbat Toshkentga: darslar yana 18 yanvargacha qoldirildi

'⚡️“O`qishmish o`qishmasmish…” Navbat Toshkentga: darslar yana 18 yanvargacha qoldirildi'ning rasmi

Sovuq ob-havo sababli Toshkent shahri maktablarida 12 yanvardan darslar bekor qilingan. Bu haqda Kun.uz' Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi. Biroq bu haqdagi xabar biror rasmiy manbada rasman e`lon qilinmadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda 10 yanvardan boshlab anomal sovuq kirib kelishi bashorat qilingach, barcha bo`g`indagi ta`lim muassasalarida qishki ta`til kunlari 18 yanvarga qadar uzaytirildi,  bog`chalarda esa navbatdan tashqari ta`til e`lon qilindi. Biroq 10 yanvar kuni to`satdan O`zbekistonning turli hududlarida OTM, texnikum va maktablarda 11 yanvardan darslar boshlanishi haqida xabarlar paydo bo`ldi. 

Keyinchalik ma`lum qilinishicha, hokimliklarga ob-havodan kelib chiqib, darslarni qaysi sanadan boshlashni o`zlari hal qilishlari topshirilgan,bog`chalarda ham qishki ta`til muddatini hal qilish hokimliklarga yuklatilgan. Kecha, 11 yanvardan qator hududlarda hokimliklar buyrug`i bilan o`qishlar boshlanishi e`lon qilindi. Sovuq kuchaygan bir paytda bu buyruqlar deyarli bajarilmadi, aksincha keskin muhokama va noroziliklarga sabab bo`ldi

Ayni paytda O`zbekistondagi hududlarda darslarni to`xtatish va qishki ta`tilni uzaytirish haqida hokimlik buyruqlari chiqa boshladi. Jumladan, Buxoro viloyati maktablari, o`rta maxsus kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalarida kecha, 11 yanvar kunidan an`anaviy tarzda boshlangan  o`qishlar bugun to`xtatilib,  16 yanvarga qadar yana ta`til berildi.

Xabarlarga ko`ra, Xorazm viloyati hokimligi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi ham o`qish jarayonlarini 16 yanvardan boshlashga qaror qilishgan. 

    Boshqa yangiliklar