Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining xabar berishicha, endilikda davlat organlari va tashkilotlari davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasini rasmiylashtirishda mazkur Namunaviy talablarga rioya etishlari lozim.
“Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Namunaviy talablar 13 yanvar kuni Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazildi.
– mehnat munosabatlariga kirishning umumiy qoidalari;
– mehnat shartnomasini rasmiylashtirishga doir talablar;
– mehnat shartnomasini tuzishda ko`rsatilishi lozim bo`lgan asosiy va qo`shimcha shartlar;
– mehnat shartnomasida belgilash mumkin bo`lmagan shartlar va boshqa asosiy qoidalar belgilandi.
Ish beruvchi va xodim o`rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishning yagona amaliyotini joriy qilish hamda inson resurslarini boshqarish bo`linmalari xizmatda foydalanishi uchun “Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining Namunaviy shakli” ham tayyorlandi.
Mehnat shartnomasining namunaviy shaklini yuklab olish.






