AsosiyJamiyat

Buxorodan Toshkentga olib kelinayotgan 313,0 kg iste`molga yaroqsiz qoramol go`shti Sirdaryo to`xtatib qolindi

'Buxorodan Toshkentga olib kelinayotgan 313,0 kg iste`molga yaroqsiz qoramol go`shti Sirdaryo to`xtatib qolindi'ning rasmi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Sirdaryo tuman bo`limi tomonidan viloyat IIB, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda, Buxoro-Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi “Sirdaryo” YPX maskanida to`xtatilib ko`zdan kechirilganda, fuqaro A.R.ga tegishli veterinariya hujjatlari bo`lmagan 313,0 kg iste`molga yaroqsiz qoramol go`shti borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar