AsosiyJamiyat

Toshkentga keltirilgan yangi avtobuslarning “motor”i muzlab qolayotgani aytildi

'Toshkentga keltirilgan yangi avtobuslarning “motor”i muzlab qolayotgani aytildi'ning rasmi

Havo haroratining -20 dan ortiq darajaga keskin pasayishi oqibatida Toshkentga keltirilgan yangi avtobuslar dvigatel havo tizimi yaxlab qolmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, ushbu holatni bartaraf etilishi yuzasidan avtobuslarga tezkor servis va joriy ta`mir xizmatlari ko`rsatishni talab darajasida tashkil etish uchun zavod mutaxassislari bilan hamkorlikda avtobuslarning texnik ko`rsatkichlari ko`rib chiqilib, nosozliklar bartaraf etilishi ta`minlangan. 

Yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan sabablarga ko`ra, avtobuslarni o`z vaqtida yo`nalishlarga chiqarilishi bo`yicha 30-35 daqiqa vaqt mobaynida kechikishlar sodir bo`lgan. Bugun, 12 yanvar kuni soat 08:35 da barcha yo`nalishlar bo`yicha rejaga asosan avtobuslar chiqarilishi ta`minlandi. 

Bundan tashqari, sovuq ob-havo sharoitida yo`llarda avtobus yo`nalishlari harakati keskin sekinlashishini inobatga olgan holda, yo`lovchilarning transport xizmatlariga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan MAN RR3 (sayyohlik) rusumli jami 20 ta avtobuslar ajratilib, 101-sonli “Darhon mahallasi – Buyuk Ipak yo`li metrosi” va 110-sonli “FOOD CITY savdo majmuasi – TTZ AShB” mavjud,  shuningdek “TTZ AShB – TTZ bozori - Buyuk Ipak yo`li metrosi” (Buyuk Ipak yo`li ko`chasi orqali),  “TTZ AShB” – Chimyon bekati – Akademshahar - “Buyuk Ipak yo`li metrosi” (M.Ulug`bek ko`chasi orqali),  “Akademshahar bekati (M. Ulug`bek haykali) – Buyuk Ipak yo`li metrosi - Mashinasozlar metrosi”,  “M.Ulug`bek tuman IIBB - TTZ AShB” (Buyuk Ipak yo`li ko`chasi orqali),  “Agrar Universiteti (Selxoz) – Buyuk Ipak yo`li metrosi” (T.Malik, M.Ulug`bek ko`chalari orqali) avtobus yo`nalishlariga chiqarilgan.

    Boshqa yangiliklar