AsosiyJamiyat

⚡️Qozog`iston hududiga avtobus orqali harakatlanishdan voz keching! TIV rasmiy axborot bilan chiqdi

'⚡️Qozog`iston hududiga avtobus orqali harakatlanishdan voz keching! TIV rasmiy axborot bilan chiqdi'ning rasmi

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy axborot e`lon qildi. 

Qayd etilishicha, O`zbekistonning Qozog`istondagi diplomatik vakolatxonalari ma`lumotlariga ko`ra, ushbu mamlakatning barcha hududlarida noqulay ob-havo kuzatilayotgani bois avtotrassalarda kuchli sovuq tufayli qiyin vaziyatga tushib qolayotgan fuqarolardan murojaatlar tez-tez kelib tushmoqda.

“Diplomatik vakolatxonalarimiz Qozog`iston Respublikasidagi vatandoshlarimiz hamda ushbu mamlakat tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi. Fuqarolarga zarur konsullik, huquqiy va amaliy yordam ko`rsatilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O`zbekiston fuqarolariga ob-havo sharoiti barqarorlashgunga qadar Qozog`iston hududi bo`ylab avtotransport vositalari va avtobus qatnovi orqali harakatlanishdan voz kechishlarini tavsiya qilamiz.

Qozog`istonda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari Ostona shahridagi mamlakatimiz Elchixonasiga (+717 2954252), Olma-ota (+7273902616) va Aktau (+77292777117) shaharlaridagi Bosh konsulxonalariga murojaat qilishlari mumkin”, - deyiladi TIV xabarida. 
 

Eslatib o`tamiz, kuni kecha Qozog`istonda 69 nafar o`zbekistonlik yo`lovchilar bo`lgan ikkita avtobus yo`lda qolib ketib, odamlar vaqtincha doyga joylashtirildi. Bir muddat o`tib esa “Toshkent–Moskva” yo`nalishida qatnovni amalga oshirayotgan avtobus yo`lida davom etgan.


 

    Boshqa yangiliklar