Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surxondaryo viloyatida talon-toroj qilingan 50 ming gektar sug`oriladigan er maydonlari haqidagi xabarlar yuzasidan viloyat prokuraturasi bayonot berdi.
Prokuraturaning aniqlanishicha, viloyatda 2016-2020 yillarda 50.522,5 gektar er maydoni paxta va g`alladan qisqartirilgan bo`lib, ushbu er maydonlariga meva-sabzavotchilik, bog`dorchilik, issiqxona va boshqa qishloq xo`jaligi ekinlari ekish rejalashtirilgan.
Jumladan, qisqartirilgan erlar sabzavot-poliz ekilgan maydon – 7482,8 gektar; Ozuqa ekinlari ekilgan maydon - 9605,1 gektar; Bog`zorlar-9135,8 gektar; Tokzorlar -1094,9 gektar; Tutzorlar -1472,3 gektar; Kartoshka ekilgan maydon -770,5 gektar; Issiqxona xo`jaliklari – 690,6 gektar; Dehqon xo`jaliklari uchun- 7243,5 gektar; G`alla ekib foydalanib kelinayotgan – 1701,5 gektar hisobiga to`g`ri keladi.
Shuningdek, 11354,8 gektar er maydoni qishloq xo`jaligida foydalanib bo`lmaydigan ahvolga kelib qolganligi uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari ekilmagan.
Ekin ekib bo`lmaydigan ahvolga kelib qolgan er maydonlari Muzrabot tumanida 2158,5 gektar, Sherobodda 2158,2 gektar, Bandixonda 1345,7 gektar, Qumqo`rg`onda 1058,1 gektar, Qiziriqda 1053 gektar, Sho`rchida 947,5 gektar, Uzunda 812,4 gektar, Sariosiyoda 585,2 gektar, Jarqo`rg`onda 572,2 gektar, Termiz tumanida 374,6 gektar, Oltinsoyda 218,8 gektar, Denovda 60 gektar va Angorda 10,7 gektar er maydoniga ekin ekish imkoni yo`q yoki qishloq xo`jaligi muomalasidan chiqib ketgan.
Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 2019-2022 yillar davomida er qonunchiligi bo`yicha o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 2056 ta prokuror nazorati hujjatlari qo`llanilgan.
Jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 852 ta noqonuniy qarorlarini bekor qilish haqida protest keltirilgan, qonun buzilishi uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to`g`risida 84 ta taqdimnoma, 34 nafar shaxs intizomiy, 445 nafari ma`muriy javobgarlikki tortilgan. 229 nafar shaxslar qonun talablariga rioya qilinishi yuzasidan rasman ogoxlantirilgan. Sudlarga 292 ta da`vo arizalar kiritilishi ta`minlangan. Jiddiy qonun buzulishi holatlari yuzasidan 289 ta jinoyat ishlari qo`zg`atilgan.
Viloyat prokuraturasi va viloyat IIB bilan hamkorlikda 32 ta tezkor tadbirlar o`tkazilib, tezkor tadbirlar natijasida 37,85 gektar er maydoni noqonuniy sotib yuborish holatlarining oldi olingan.
Shuningdek, viloyat prokuraturasi va Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 12 oyi davomida jami 938 ta holatda 318,296 gektar er maydonlari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o`zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.
Aniqlangan qonun buzilishlarning 509 tasini bartaraf etilishi yoki o`zboshimchalik bilan egallangan 223,41 gektar er maydonlari dastlabki holatiga qaytarilishi ta`minlandi.
Qonuniy asoslarsiz egallangan 92,27 gektar maydondagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo`yicha sudlarga 411 ta da`vo arizalari kiritilgan.
Jiddiy qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 2022 yilning 12 oyida er talon-torojligi bilan bog`liq 108 ta jinoyat ishlari qo`zg`atilgan.
Qo`zg`atilgan jinoyat ishlari doirasida 24 gektar er maydoni tuman hokimliklari zahirasiga qaytarilishi ta`minlangan bo`lib, 28 gektar er maydonini qaytarish bo`yicha sudlarga da`vo arizalar kiritilgan.
Bundan tashqari, viloyat prokuraturasi tomonidan issiqxona qurish uchun ajratilgan er maydonlaridan samarasiz foydalanib kelgan shaxslarga qonun talablari tushuntirilishi natijasida, ulardan 9 nafari ixtiyoriy ariza berib, 147,2 gektar er maydonlari tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan.
Bundan tashqari, o`rganish davomida viloyat prokuraturasi tomonidan samarasiz foydalanib kelayotgan 219 gektar er maydonlarini davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan 25 ta da`vo kiritildi.
Mazkur da`vo arizalar Iqtisodiy ishlar bo`yicha Termiz tumanlararo sudi tomonidan ko`rib chiqilib, qanoatlantirilgan va 219 gektar er maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarilgan.
Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi organlari tomonidan Er qonunchiligi ijrosini ta`minlash bo`yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.






