AsosiyJamiyat

Yangi Sog`liqni saqlash vaziri tizimni korrupsiyadan tozalash uchun shaxsiy telefon raqamini e`lon qildi

'Yangi Sog`liqni saqlash vaziri tizimni korrupsiyadan tozalash uchun shaxsiy telefon raqamini e`lon qildi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tomonidan 2023 yil tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e`lon qilingani haqida xabar bergandik.  

SSV Matbuot xizmatining xabar berishicha, bu boradagi ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Sog`liqni saqlash vaziri A. Inoyatovning (+998-91) 403-17-73 shaxsiy telefon raqami orqali sohadagi korrupsiyaviy holatlar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qilish boshlangan.

Bundan tashqari, fuqarolar o`z murojaatlarini quyidagi platformalar orqali ham yo`llashi mumkin:

  •   vazirlik qoshida kunu tun faoliyat olib boruvchi "1003" qisqa raqamli “Sall-markaz”;

 

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog`liqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi "1103" qisqa raqamli “Sall-markaz”lar;

 

  •  vazirlikning yangi ishga tushirilgan rasmiy telegram-boti (https://t.me/murojat_ssv_bot);

 

  •  barcha tuman tibbiyot muassasalarining fuqarolar gavjum bo`ladigan joylariga o`rnatilgan va tibbiyot maskani rahbari bilan bog`lanish imkonini beruvchi “to`g`ridan-to`g`ri aloqa” liniyalari;

 

  •  vazirlik rasmiy  veb-saytida aholidan kelib tushayotgan savollarga tezkor javob berishga mo`ljallangan “Jivo” ilovasi.

 

 

    Boshqa yangiliklar