AsosiyJamiyat

Endi fuqarolar qiymati 100 mln. so`mgacha bo`lgan tayyor zargarlik buyumlarini bojxonadan ortiqcha hujjatlarsiz olib o`tishlari mumkin

'Endi fuqarolar qiymati 100 mln. so`mgacha bo`lgan tayyor zargarlik buyumlarini bojxonadan ortiqcha hujjatlarsiz olib o`tishlari mumkin'ning rasmi

Endi jismoniy shaxslar qiymati 100 mln. so`mgacha bo`lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo`lovchi bojxona deklarasiyasini to`ldirmasdan, 100 mln. so`m va undan ortiq bo`lganlarini yo`lovchi bojxona deklarasiyasi asosida O`zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishlari mumkin. Bu tartib O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi PQ-452-son qarorida belgilandi.

Yangi tartibga ko`ra, Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar zargarlik buyumlarini yo`lovchi bojxona deklarasiyasini to`ldirgan holda, ma`lumotlarni Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O`zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishlari mumkin.  

2023 yil 1 fevraldan boshlab affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar  

  • ️qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo`lgan xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda;
  • ️bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo`lgan xomashyoni  qayta ishlash mahsulotlarini O`zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun lisenziya olish majburiyatidan ozod etildi.

 2026 yil 1 yanvarga qadar marvarid, olmos, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga (TIF TNning 7101-7104 pozisiyalari) import bojxona bojlari 0 foiz etib belgilandi.  

    Boshqa yangiliklar