AsosiyJamiyat

Bugun ham O`zbekistonning 6 ta hududida qor yog`ishi prognoz qilindi

'Bugun ham O`zbekistonning 6 ta hududida qor yog`ishi prognoz qilindi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, Surxondaryo, Farg`ona viloyatlarida ayrim joylarida ba`zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° sovuq, ba`zi joylarga 12° sovuqgacha shimolda 12-17° sovuq bo`ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon biroz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° sovuq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarida ba`zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar