AsosiyJamiyat

Sirdaryoda gaz quvurini mashina urib yuborishi natijasida 200 ta xonadon gaz ta`minotidan uzildi

'Sirdaryoda gaz quvurini mashina urib yuborishi natijasida 200 ta xonadon gaz ta`minotidan uzildi'ning rasmi

Xovos tumani Mustaqillik mahallasi Turkiston ko`chasiga yo`naltirilgan o`rta bosimli D 89 mm bo`lgan gaz quvurini mashina urib yuborishi natijasida avariya yuzaga kelgan. 

Bu haqda "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta`minoti filiali xabar berdi.

Natijada 200 ta xonadonda gaz ta`minoti uzildi. Hozirda avariyani bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.

"Bu haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar