O`zbekistonning ayrim hududlarida 11 yanvar, chorshanba kuni qor yog`ishda davom etadi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar bermoqda
Toshkent shaxrida havo o`zgarib turadi, bir oz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja daraja sovuq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja sovuq, Ustyurtda 27-30 daraja sovuq, kunduzi 20-23 daraja sovuq bo`ladi.
Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq, ba`zi joylarda 12 daraja sovuq, cho`l hududlarda kechasi 27-30 daraja sovuq, kunduzi 12-17 daraja sovuq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida xavo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, ba`zi joylarda 17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq, ba`zi joylarda 12 daraja sovuq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba`zi joylarda 15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba`zi joylarda 15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.
Andijon, Namangan hamda Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha, Farg`ona viloyatining ayrim joylarida 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo`ladi.
Respublikaning tog` va tog` oldi hududlarida havo o`zgarib turadi, qor yog`adi, tuman tushadi. Qor ko`chish xavfi bor. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo`ladi.






