Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligining ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumta`lim, o`rta maxsus, professional hamda oliy ta`lim tashkilotlarida qishki ta`til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini ma`lum qilamiz.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta`lim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.






