2022 yil 22-30 dekabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash bo`yicha test sinovlari o`tkazilgan edi.
Davlat test markazining ma`lum qilishicha, test natijalari bugun, 9 yanvar kuni e`lon qilinadi.
Qayd etilishicha, natijalar kun yakuniga qadar my.gov.uz saytiga joylashtiriladi.
Talabgorlar «Mening arizalarim» bo`limi orqali o`z natijalarini bilib olishlari mumkin bo`ladi.






