AsosiyDunyo

9 yanvardan Tailandga kirishda sayyohlar uchun qoidalar kuchaytirildi

'9 yanvardan Tailandga kirishda sayyohlar uchun qoidalar kuchaytirildi'ning rasmi

9 yanvardan Tailandga tashrif buyurayotgan sayyohlardan koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik sertifikati talab qilinadi. 

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 9 yanvardan boshlab 18 yoshdan oshgan yo`lovchilar JSST va Tailand Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan COVIDga qarshi har qanday vaksina bilan emlanganlik sertifikatini yoki COVID-19 dan tuzalganlik guvohnomasini taqdim etishlari shart. Ikki dozali vaksina bilan emlanganda ikkinchi komponent jo`nashdan kamida 14 kun oldin olinishi kerak.

Tibbiy sabablarga ko`ra emlash taqiqlangan yo`lovchilar tegishli ma`lumotnomani taqdim etishlari kerakligi qo`shimcha qilinadi. Tailandda bo`lgan vaqt davomida sayyohda COVID-19 davolash uchun tibbiy sug`urta ham bo`lishi kerak.

"Ushbu qoidalar 18 yoshgacha bo`lgan bolalarga taalluqli emas", deb qo`shimcha qilinadi xabarda.

Mahalliy OAV xabariga ko`ra, yangi qoidalar 9 yanvar soat 1:00 dan kuchga kiradi, ular 31 yanvar soat 16:59 gacha amal qiladi. Qoidalarga ko`ra, sayyohlar kirishda emlash guvohnomasi o`rniga jo`nashdan 180 kun oldin olingan sog`ayib ketganligi haqidagi guvohnomani ko`rsatishi mumkin. Bundan tashqari, qoidalari koronavirus bilan kasallangan taqdirda mamlakatga qaytishga ruxsat bermaydigan mamlakatlardan kelgan sayyohlar Tailanddagi barcha dam olish davri va qo`shimcha 7 kunni qamrab oladigan sug`urtaga ega bo`lishi kerak. Shuningdek, yo`lovchilarning 5 foizi etib kelgandan so`ng PSR testidan o`tkaziladi.

Shu bilan birga, Tailand orqali boshqa mamlakatlarga yo`l olgan tranzit yo`lovchilarga emlash sertifikati kerak bo`lmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar