AsosiyJamiyat

Namanganda shifoxonaga olib kelingan 9 va 3 yoshli aka-ukalardan biri vafot etdi

'Namanganda shifoxonaga olib kelingan 9 va 3 yoshli aka-ukalardan biri vafot etdi'ning rasmi

Bugun, 08 yanvar kuni soat 11:22 da Chust tumani Tibbiyot birlashmasini bergan ma`lumotiga asosan Chust tumani “Yorqishloq” Maxalla fuqarolar yig`ini xududidagi xonadonlarni birida ota-onasi qaramog`ida yashagan voyaga etmagan 2014 yilda tug`ilgan va ukasi 2019 yilda tug`ilgan o`g`il bolalar sog`lig`i yomonlashganligi sababli uyidan tuman tibbiyot xodimlari tomonidan shifoxonaga olib kelingan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi. 

2014 y.t o`g`il bolaga tuman Tibbiyot birlashmasida birinchi yordam ko`rsatilishiga qaramasdan vafot etgan.  

O`lim sababi aniqlanmoqda.  

Yakuniy xulosa sud med tibbiy ekspertizasi xulosasidan so`ng ma`lumot beriladi.  

Hozirda sodir bo`lgan xolat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar