AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways’ning "Toshkent-Qozon" yo`nalishida uchgan samolyotida nosozlik yuzaga keldi

'Uzbekistan Airways’ning "Toshkent-Qozon" yo`nalishida uchgan samolyotida nosozlik yuzaga keldi'ning rasmi

O`zbekistondan Rossiyaga uchgan samolyotda nosozlik kuzatildi.

Xabarda berilishicha, Uzbekistan Airways’ning "Toshkent-Qozon" yo`nalishida uchgan UK32012 raqamli Airbus A-320 samolyoti 7 yanvar kuni soat 19:40 da Rossiyaning Samara viloyati havo hududida uchayotganida dvigatelda nosozlik yuzaga kelgan hamda 2700 fut balandlikda uchishga ruxsat so`ragan.

Natijada Qozon aerodromida trevoga e`lon qilingan hamda samolyot shu kuni soat 19:57 da Qozon aeroportiga muvaffaqiyatli qo`ndirilgan.

    Boshqa yangiliklar