Turkiyada O`zbekiston fuqarosi yangi yil kuni terakt uyushtirishda gumonlanib, qo`lga olindi. Bu haqda Sabah gazetasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Istanbul polisiyasiga bo`ysunuvchi razvedka bo`limi boshqarmasi tomonidan 31 dekabr kuni Turkiyada terakt uyushtirishda gumon qilingan Tojikiston va O`zbekiston fuqarolari qo`lga olindi.
"O`z postlarida ‘kofir’ deya ta`riflagan davlatlarga qarshi teraktlar uyushtirishga buyruq bergan va mamlakatimizni nishonga olgan Tojikiston va O`zbekiston fuqarolari 2017 yil 1 yanvar kuni Yangi yil arafasida sodir bo`lgan teraktga o`xshash tayyorgarlik ko`rayotgan edi", — deyiladi xabarda.
Gumonlanuvchilar "Islom davlati" terrorchilik guruhi a`zolari bo`lib, IShIDdan ko`rsatmalar olgani aytilmoqda. Ular 31 dekabr kuni Istanbulda avtomobilda qochayotgan payti qo`lga olingan.






