AsosiyJamiyat

Toshkentda kuzatilgan kuchli shamol ayrim elektr uzatish tarmoqlarining shikastlanishiga olib keldi

'Toshkentda kuzatilgan kuchli shamol ayrim elektr uzatish tarmoqlarining shikastlanishiga olib keldi'ning rasmi

Bugun Toshkent shahri va viloyatida kuzatilgan kuchli shamol natijasida bir necha hududlardagi daraxt shoxlarining sinishi jarayonida ayrim elektr uzatish tarmoqlarining shikastlanishiga (simlarning daraxt shoxlari bilan uzilib tushishiga) olib keldi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, buning natijasida, Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida elektr ta`minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirda elektr tarmoqlari filiallarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar