Farg`ona viloyati Rishton tumanida yashovchi fuqaro A.A., ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida Agrobank bosh ofisi nomli akkaunt foydalanuvchisi, o`zini bank xodimi deb tanishtirib, "Agrobankdan yilllik 27 % 10.000.000 so`m miqdorida kredit chiqarib berishni aytib, aldab 2 ta bank kartasi ma`lumotlarini olib, undagi jami 12.400.000 so`m pullarni o`zlashtirib, g`oyib bo`lganligini ma`lum qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni talon-toroj qilgan shaxs, Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi, 1997 y.t., K.D. ekanligi aniqlangan. K.D. pullarni olib, onlayn qimor o`yinlariga sarflab yuborganligi ma`lum bo`ldi. K.D.ga nisbatan O`zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.






