AQSh prezidenti Jo Bayden Kapitoliydagi tartibsizliklarning ikki yilligi munosabati bilan Oq uyda nutq so`zlaganidan so`ng tashqarida turgan jurnalistlardan qochib ketdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
OAV xodimlari prezidentning orqasida baqirganicha qolgan.
Bayden matbuot bilan suhbatlashish o`rniga, dam olish kunlari Delaverga tezroq etib borish uchun vertolyotga chiqishni afzal ko`rgan, deyiladi xabarda.
Bu Amerika prezidentining ommaviy axborot vositalarining savollaridan ataylab qochishi bilan bog`liq birinchi holat emas..
Bundan tashqari, prezident dam olish kunlarini Delaverda o`tkazish odati uchun ko`p tanqidlarga uchradi. CNN ma`lumotlariga ko`ra, Bayden o`zidan oldingi prezident Donald Trampga qaraganda ko`proq dam oladi va muddatining chorak qismini oilaviy qarorgohda o`tkazdi. Respublikachilar esa prezident vaqtining 40 foizdan ortig`i ta`tilda bo`lganini ta`kidlamoqda.






