5 yanvar kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida janjal sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 09:55 larda fuqaro B.N. Baliqchi tumani “Eskimarkaz” MFY Mukarram ko`chasida joylashgan “Farovonlik timsoli” MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga “Moskvich” avtomashinasiga gaz quyish uchun kelgan. Navbat kutib turgan vaqtida u va shoxobchada qorovul bo`lib ishlovchi D.T. hamda S.D. o`rtasida boshqa 2 nafar haydovchini navbatsiz kiritib yuborgani uchun o`zaro janjal kelib chiqqan.
Janjal vaqtida D.T va S.D. fuqaro B.N.ning oyoq va bosh qismiga yog`och bilan urib, tan jarohat etkazgan.
Holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






