Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 10-18 yanvar kunlari maktabgacha ta`lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta`til e`lon qilindi.
Shu munosabat bilan, Maktabgacha ta`lim agentligi Axborot xizmati maktabgacha ta`lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta`minotiga haq to`lash tartibi to`g`risida"gi Nizom talablari asosida mazkur ta`til kunlari uchun bog`cha to`lovi to‘lanmasligini ma’lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, ta`til e`lon qilingunga qadar bog`cha to`lovi amalga oshirilgan bo`lsa, keyingi to`lovlarni amalga oshirish jarayonida ta`til kunlari uchun to`langan badal summasi hisobga olinadi.
O`zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig`ilish bayoniga asosan, ta`til kunlari davomida maktabgacha ta`lim tashkilotlarida faoliyat yuritadigan xodimlarga amaldagi tartib saqlangan holda ish haqi to‘lanadi.






