Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 11 oyida 619,1 ming nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari dam olish va hordiq chiqarish uchun xorijga chiqqan.
O`zbekistonliklar dam olish va hordiq chiqarish uchun eng ko`p safar qilgan davlatlar:
— Turkiya – 220 ming kishi
— BAA – 99 ming kishi
— Saudiya Arabistoni – 55 ming kishi
— Misr – 31,7 ming kishi
— Quvayt – 14,3 ming kishi
— Janubiy Koreya – 10,9 ming kishi
— AQSh – 9,5 ming kishi
— Gruziya – 6,8 ming kishi
— Hindiston – 5,6 ming kishi
— Germaniya – 4,2 ming kishini tashkil etmoqda.






