AsosiyJamiyat

Andijondagi hayvonot bog`ida ayiqlar zoopark ishchisiga hujum qilgani, oqibatda fuqaro vafot etgani aytilmoqda

'Andijondagi hayvonot bog`ida ayiqlar zoopark ishchisiga hujum qilgani, oqibatda fuqaro vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

“Andijon shahar Bog`ishamol dahasidagi Hayvonot bog`ida 3 yanvar kuni ayiq shu Zoopark ishchisiga hujum qilib, uni o`ldirgani aytilmoqda" mazmunida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi.

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 3 yanvar kuni soat 16:00 larda Xo`jaobod tumani Mustaqillikning 27 yilligi MFY hududida joylashgan “Usmonobod Fayzi” MChJga qarashli “Andijon hayvonot” bog`i ishchisi A.G. hayvonot bog`ida saqlanayotgan  ayiq yovvoyi hayvoniga ovqat berish maqsadida uning qafasiga kirgan vaqtida, ayiq unga tashlanib, bo`yin qismidan tishlab olishi  oqibatida og`ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat Xo`jaobod tumani IIB tomonidan tegishli tartibda ro`yxatdan o`tkazilib, hodisa joyi tuman IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan ko`zdan kechirilgan. 

Fuqaro  A.G.ning olgan tan jarohatlarini og`irlik darajasini va uning o`lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Xo`jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar