AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 6 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi

'"O`zgidromet" 6 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi'ning rasmi

6 yanvar kuni kunduzi O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar