Farzandi maktabgacha ta`lim tashkilotiga borayotgan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 10-18 yanvar kunlari maktabgacha ta`lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta`til e`lon qilinishi munosabati bilan maktabgacha ta`lim yoshidagi (3-7 yoshli) bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta`minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to`lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.






