AsosiyJamiyat

Chimyonda Rossiya fuqarosi qor tagida qolib, halok bo`ldi

'Chimyonda Rossiya fuqarosi qor tagida qolib, halok bo`ldi'ning rasmi

2023 yil 4 yanvar kuni soat 13:20 larda Bo`stonliq tumani Chimyon tog` yonbag`irlariga dam olish va chang`i uchish maqsadida chiqqan 61 yoshli Rossiya Federasiyasi fuqarosi qor ko`chkisi xavfi to`g`risidagi ogohlantirishlarga qaramay, taqiqlangan hududda chang`i uchib, qor ko`chkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok bo`lgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga Toshkent viloyati FVB Bo`stonliq tumani Ixtisoslashgan ko`p tarmoqli boshqarmasi Chimyon qutqaruv otryadi qutqaruvchilari etib borgan. Olib borilgan qidiruv ishlari davomida chang`i uchuvchisining jasadi qor uyumlari ostidan chiqarib olingan.

Shu o`rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha dam oluvchilardan texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni, taqiqlangan hududlarda chang`i uchmaslikni va ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar