Sirdaryoda gaz ta`minoti bo`limining ta`mirlash xizmati boshlig`i ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan ma`lumotga ko`ra, Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, "Sirdaryotumangaz" gaz ta`minoti bo`limining ta`mirlash xizmati boshlig`i M.K. jinoyat ustida, ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Qayd etilishicha, u fuqaro M.R.ning ijarada yashayotgan xonadonida tabiiy gaz tarmog`iga noqonuniy ulanib, 6,3 mln so`m zarar aniqlanganligi holati bo`yicha tuzilgan dalolatnomani yo`q qilib berish evaziga 1 mln so`m talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






