AsosiyJamiyat

"Dok-1 Maks"ni fosh qilgan shifokorlar ishga tiklanishi mumkinligi xabar qilindi

'"Dok-1 Maks"ni fosh qilgan shifokorlar ishga tiklanishi mumkinligi xabar qilindi'ning rasmi

2023 yil 3 yanvar kuni sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov "Dok-1 Maks" dorisining shov-shuvli voqea ortidan ishdan olinganlar bilan suhbatlashgan. Bu haqda manbaga tayanib "kun.uz" yozmoqda. U ushbu xodimlarning ishdan olinishi bilan bog`liq qarorni qaytadan ko`rib chiqish va ularni ishga tiklash haqida so`z yuritgani aytilmoqda.

"Ishdan olingan rahbarlardan biri yangi vazir bilan bo`lgan uchrashuvdan juda qoniqqanini aytdi. Tez orada adolat tiklanishi mumkinligiga umid bildirdi", deydi manba. 

Ta`lumot uchun: "Dok-1 Maks" voqeasi ortidan Samarqand viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi direktori Azizovdan tashqari ushbu shifoxonaning gemodializ bo`yicha mutaxassisi B.G`aniev, viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo`yicha o`rinbosari S.Mo`minov, onalik va bolalik salomatligini rivojlantirish bo`limi bosh mutaxassisi S.Rasulov, Toyloq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Olmazor OShP mudiri X.Muzaffarov, ushbu OShPning oilaviy shifokori U.Mahmudov hamda doya hamshirasi M.Siddiqova lavozimidan ozod etilgandi.

Kuni kecha, 4 yanvar kuni Inoyatov soha vakillari bilan bo`lgan uchrashuvda ham ushbu masalaga to`xtalgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda  "Dok-1 Maks" dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlari aniqlangan edi. Shundan so`ng SSV O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olishni boshladi  va  sirop ishi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi. 

Hozircha, dorining salbiy ta`siri oqibatida vafot etgan bolalar soni 20 nafarga etgan. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medical” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Ushbu voqealar ortidan Qirg`izistonda ham  “Dok-1 Maks” dori vositalarini sotish taqiqlandi. 30 dekabrdan boshlab esa Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan O`zbekistondagi barcha dori vositalarining savdosi to`xtatildi.

Sal avval Toshkentda ham o`nlab bola "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol..." Yana 10 ga yaqin bola Toshkentdagi 16-shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, 2023 yil 2 yanvar kuni Farg`onada 3 yashar bola “Dok-1 Maks” siropini ichishi oqibatida doridan o`tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgan bolakay ayni paytda vafot etgani aytilmoqda. Shuningdek, Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistonda Quramax kompaniyasi dorilari savdosini to`xtatish bo`yicha topshiriq berdi.

 

    Boshqa yangiliklar