AsosiyDunyo

Yaponiya Tokiodan ko`chib ketishga rozi bo`lgan oilalarga bir martalik pul miqdorida yordam bermoqchi

'Yaponiya Tokiodan ko`chib ketishga rozi bo`lgan oilalarga bir martalik pul miqdorida yordam bermoqchi'ning rasmi

Yaponiya hukumati Tokiodan boshqa hududga ko`chishga rozi bo`lgan oilalarning har bir farzandiga 1 million ien (7600 dollar)dan to`lamoqchi. Financial Times ma`lumotlariga ko`ra, bu yosh oilalarni Tokiodan boshqa shaharlarda yashashini rag`batlantiradi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

Bundan tashqari, bir martalik 3 million ien (22800 dollar) miqdorida moliyaviy yordam berish rejalashtirilgan. Agar ular yangi yashash joyida o`z biznesiga asos solsa, yordam miqdori oshirilishi ham mumkin.

2021 yilda bu dasturdan 2400 odam foydalangan. Bu 38 millionlik Tokio aholisining 0,006 foizini tashkil etadi.

Yaponiya aholisi soni kamayishi va qarishi, shuningdek, yoshlarning poytaxtga migrasiyasi boshqa hududlar iqtisodiyotiga katta zarba berdi. Ko`plab shahar va qishloqlar bo`shab qolgan. Ammo Tokioda uy-joy narxi rekord darajada oshgan.

1300 ga yaqin yapon munisipalitetlari Tokiodan kelayotganlarni qabul qilishga rozi bo`ldi. Ular ko`chib kelganlarga bepul bolalar bog`chasi va ish o`rni va`da qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar