Bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarga 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda ertalab yomg`ir bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.
05.01.2023 08:34
Bugun yog`ingarchiliksiz, tumanli ob-havo bo`lishi kutilmoqda






