AsosiyJamiyat

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo`yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi

'Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo`yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi'ning rasmi

Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Hay`at yig`ilishida aytildi. 

Bunda, tug`uruq komplekslarini ta`mirlash, zarur uskunalar bilan jihozlash va tug`uruq o`rinlari sonini mavjud 11 mingtadan 15 mingtaga yoki 35 foizga ko`paytirish ko`zda tutiladi.

46 ta tumanlararo perinatal markazini jihozlashga 5,2 million dollar yo`naltiriladi.

Kelgusi yilda bolalarning ham aqliy, ham jismoniy, rasional va sog`lom rivojlanishi, ayollarda kamqonlik va tug`ma nuqsonlarning oldini olish maqsadida bolalarni hamda o`smir qiz va homilador ayollarni vitamin va dori vositalari bilan bepul ta`minlashga 145 milliard so`m yo`naltiriladi.

Eshitish qobiliyati past bo`lgan 250 nafar bolalarga koxlear implant o`rnatiladi.

Spinal mushak atrofiyasi bor 112 nafar bolalarni davolash uchun 120 milliard so`mlik dori vositalari etkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar