AsosiyJamiyat

2022 yil SSVga aholidan qancha murojaat kelib tushgani aytildi

'2022 yil SSVga aholidan qancha murojaat kelib tushgani aytildi'ning rasmi

2022 yilda vazirlikka aholidan jami 87 288 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov gapirdi. Uning so`zlariga ko`ra: 

— O`tgan 2022 yilda vazirlikka aholi murojaatlari soni 2021 yilga nisbatan 3 barobar kamayib, 14 mingtani tashkil qildi.

Bu ijobiy holat. Lekin, hududiy boshqarmalar, bevosita muassasalarning o`ziga kelayotgan murojaatlar soni ortgan.

Xususan, tizimdagi tashkilotlarga 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 87 288 ta murojaat kelib tushgan bo`lib, bu o`tgan 2021 yilning mos davriga nisbatan (78 754 ta) 11 foizga ortgan.

Eng yuqori o`sish ko`rsatkichlari:  

  • Namangan viloyati 7739 ta (5471 ta) — 41 foiz,  
  • Jizzax viloyati 5262 ta (4165 ta) — 26 foiz,  
  • Surxondaryo viloyati 9154 ta (7402 ta) — 24 foiz.

    Boshqa yangiliklar