AsosiyDunyo

Fransiya hukumati parasetamolning onlayn savdosini vaqtincha ta`qiqladi

'Fransiya hukumati parasetamolning onlayn savdosini vaqtincha ta`qiqladi'ning rasmi

Fransiya hukumati dori etkazib berish bilan bog`liq muammolar tufayli parasetamolning onlayn savdosini yanvar oyi oxirigacha taqiqladi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

“Faqat parasetamoldan tashkil topgan dori vositalarining onlayn savdosi 2023 yil 31 yanvarga qadar to`xtatildi”, — deyiladi hukumat bayonotida.

Qayd etilishicha, Fransiyada parasetamol asosidagi dori-darmonlarni etkazib berish bilan bog`liq keskin vaziyat olti oydan ortiq davom etmoqda, bu bolalar uchun mo`ljallangan dori vositalariga ham tegishli.

Avvalroq Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti gripp, respirator sinsitial virus va koronavirusning qishki to`lqini tufayli Parasetamol kabi oddiy og`riq qoldiruvchi vositalarga talab ortishi va mahsulot etishmasligi haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, dunyoda antibiotiklar, xususan, penisillin va amoksisillin etishmovchiligi mavjud.

Koronavirus pandemiyasi davrida antibiotiklarga bo`lgan talabning pasayishi va etkazib berish zanjiridagi jiddiy tanglik kompaniyalarni ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur qildi.

    Boshqa yangiliklar